Adolat
ISSN 3093-8546

2026-yil, 10-son · 24–33-betlar

Sunʼiy intellektni joriy etish sharoitida davlat fuqarolik xizmatchisining huquqiy maqomi: muammolar va istiqbollar

PDF

Annotatsiya

Sunʼiy intellekt davlat boshqaruvida tasniflash, xavfni baholash va tavsiyalar tayyorlashda tobora keng qoʻllanilmoqda, biroq qarorni rasman qabul qiluvchi davlat xizmatchisining huquqiy maqomi yetarlicha oʻrganilmagan. Tadqiqotda ilmiy adabiyotlarning tematik sintezi xalqaro hujjatlar, Germaniya, Fransiya, Kanada va Oʻzbekiston huquqining doktrinal va funksional qiyosiy tahlili bilan uygʻunlashtirilgan. Amaldagi huquq avtomatlashtirishni faqat chekka holatlarda tartibga solishi, OʻRQ-1115-son Qonun esa sunʼiy intellektga mutlaq tayanishni taqiqlab, mansabdor shaxs majburiyatlarini belgilamagani aniqlandi. Muallif sunʼiy intellekt taʼsirining toʻrt darajali modeli, tabaqalashtirilgan tekshirish majburiyati, natijani rad etish huquqi va majburiyati, javobgarlikni uch tomonlama taqsimlash konsepsiyasi hamda de lege ferenda takliflarni ilgari suradi.

Abstract

Artificial intelligence is increasingly used in public administration for classification, risk scoring and recommendation, yet the legal status of the civil servant who formally decides remains underexamined. The study combines a thematic synthesis of scholarship with doctrinal and functional comparative analysis of international instruments and the law of Germany, France, Canada and Uzbekistan. It finds that existing law regulates automation only at its extremes, while Uzbekistanʼs Law No. ZRU-1115 prohibits exclusive reliance on AI without defining the officialʼs duties. The author proposes a four-level model of AI influence, a differentiated duty of verification, a right and duty to override AI outputs, a tripartite allocation of responsibility and de lege ferenda proposals.

Iqtibos uchun

Muxlisa Ibragimova. Sunʼiy intellektni joriy etish sharoitida davlat fuqarolik xizmatchisining huquqiy maqomi: muammolar va istiqbollar // Adolat. – 2026. – № 10. – С. 24–33.