2026-yil, 10-son · 75–81-betlar
Ekstremizm bilan bogʻliq jinoyatlarni tergov qilishda maxsus bilimga ega shaxslarni jalb etish masalalari
Annotatsiya
Maqolada ekstremizm bilan bogʻliq jinoyatlarni tergov qilishda maxsus bilimga ega shaxslarni jalb etishning nazariy va protsessual masalalari tahlil qilingan. “Maxsus bilimlar” tushunchasiga oid mahalliy va xorijiy olimlarning yondashuvlari qiyosiy oʻrganilib, uning mazmunini belgilashda bilim, koʻnikma va amaliy tajribaning oʻzaro bogʻliqligi asoslangan. Mutaxassis va ekspertning protsessual maqomi, vazifalari hamda maxsus bilimlardan foydalanish shakllari yoritilgan. Ekstremistik mazmundagi materiallarni tahlil qilish, raqamli dalillarni aniqlash, qayd etish, olish va saqlashda sohaviy mutaxassislar ishtirokining ahamiyati ochib berilgan. Mutaxassislarni tanlashda ularning kasbiy kompetensiyalari, protsessual talablarni bilishi va raqamli axborot bilan ishlash tajribasini hisobga olishga doir takliflar ilgari surilgan.
Abstract
The article analyzes theoretical and procedural issues regarding the involvement of individuals with specialized knowledge in the investigation of extremism-related crimes. Based on a comparative study of local and foreign scholarsʼ approaches to the concept of “specialized knowledge” the article substantiates the interconnectedness of knowledge, skills, and practical experience in defining its content. The procedural status, duties of specialists and experts, as well as the forms of using specialized knowledge are highlighted. The significance of involving field specialists in analyzing extremist materials, as well as in detecting, recording, retrieving, and preserving digital evidence is revealed. Proposals are put forward regarding the consideration of professional competencies, knowledge of procedural requirements, and experience in handling digital information when selecting specialists.
Iqtibos uchun
Sindor Toshquvvatov. Ekstremizm bilan bogʻliq jinoyatlarni tergov qilishda maxsus bilimga ega shaxslarni jalb etish masalalari // Adolat. – 2026. – № 10. – С. 75–81.