Adolat
ISSN 3093-8546

2026-yil, 10-son · 155–159-betlar

Xorijiy mamlakatlarda inklyuziv ta’lim rivojlanishining qiyosiy-huquqiy tahlili

PDF

Annotatsiya

Ushbu maqolada xorijiy davlatlar – AQSh, Buyuk Britaniya va Finlandiya – inklyuziv ta’lim qonunchiligi va amaliyotining qiyosiy-huquqiy tahlili amalga oshirilgan. Tadqiqotning maqsadi ushbu mamlakatlarning huquqiy mexanizmlari, moliyalashtirish modellari va pedagogik yondashuvlarini qiyosiy o‘rganish hamda milliy ta’lim tizimi uchun tatbiq etilishi mumkin bo‘lgan tavsiyalar ishlab chiqishdir. Metodologiya sifatida huquqiy hujjatlar tahlili, qiyosiy huquqshunoslik va adabiyotlarni ko‘rib chiqish usullaridan foydalanilgan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, AQSh tizimi individual ta’lim dasturlariga (IEP), Angliya tizimi kompleks g‘amxo‘rlik rejalariga (EHCP), Finlandiya esa uch bosqichli universal yordamga asoslanadi. Muhokama qismida ushbu tajribalarning O‘zbekiston uchun amaliy ahamiyati va moslashtirilishi ko‘rib chiqilgan.

Abstract

This article presents a comparative legal analysis of inclusive education legislation and practice in foreign countries – the United States, the United Kingdom, and Finland. The aim of the study is to comparatively examine the legal mechanisms, funding models, and pedagogical approaches of these countries and to develop recommendations applicable to national education systems. Legal document analysis, comparative jurisprudence, and literature review were employed as methodology. Results indicate that the US system is based on Individualised Education Programmes (IEP), the English system on Education, Health and Care Plans (EHCP), and Finland on a three-tier universal support model. The discussion section addresses the practical relevance of these experiences for Uzbekistan and possibilities for adaptation.

Iqtibos uchun

Asadbek Zairov. Xorijiy mamlakatlarda inklyuziv ta’lim rivojlanishining qiyosiy-huquqiy tahlili // Adolat. – 2026. – № 10. – С. 155–159.