Adolat
ISSN 3093-8546

2026-yil, 10-son · 160–165-betlar

Yuridik shaxs nomidan yoki manfaatida xizmatchini pora evaziga ogʻdirib olganlik uchun maʼmuriy javobgarlik: xorijiy tajriba va milliy qonunchilik istiqbollari

PDF

Annotatsiya

Maqolada yuridik shaxs nomidan yoki manfaatida davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi xizmatchisini pora evaziga ogʻdirib olganlik uchun javobgarlik masalasi tahlil qilingan. Amaldagi qonunchilikda faqat jismoniy shaxs javobgarlik subyekti boʻlgani sababli korporativ korrupsiyadan manfaat koʻrgan tashkilot taʼsir doirasidan chetda qolayotgani asoslanadi. BMT konvensiyasi talablari hamda Rossiya, Germaniya, Italiya, Buyuk Britaniya va Braziliya modellari qiyosiy oʻrganilib, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga yuridik shaxslar javobgarligini belgilovchi alohida modda kiritish, komplayens tizimini jazoni yengillashtiruvchi omil sifatida tan olish va ish qoʻzgʻatish vakolatini prokurorga berish taklif etiladi.

Abstract

The article examines liability for bribing an employee of a state body, a state-owned organization or a citizens' self-government body on behalf of or in the interests of a legal entity. It argues that since current legislation recognizes only natural persons as subjects of liability, the organization that benefits from corporate corruption remains beyond the reach of sanctions. Based on a comparative analysis of the UN Convention against Corruption and the models of Russia, Germany, Italy, the United Kingdom and Brazil, the article proposes a separate article on corporate liability in the Code of Administrative Liability, recognition of compliance programmes as a mitigating factor, and vesting the power to initiate proceedings in the prosecutor.

Iqtibos uchun

Ismoil Abduxoshimov. Yuridik shaxs nomidan yoki manfaatida xizmatchini pora evaziga ogʻdirib olganlik uchun maʼmuriy javobgarlik: xorijiy tajriba va milliy qonunchilik istiqbollari // Adolat. – 2026. – № 10. – С. 160–165.