2026-yil, 10-son · 128–141-betlar
Shaxsga doir ma’lumotlarning transchegaraviy uzatilishi sharoitida shaxsiy hayot daxlsizligini konstitutsiyaviy-huquqiy ta’minlash
Annotatsiya
Mazkur maqolada shaxsga doir ma’lumotlarni transchegaraviy uzatish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlangan shaxsiy hayot daxlsizligi va shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish huquqlarining samarali ta’minlanishi bilan bog‘liq konstitutsiyaviy-huquqiy masalalar tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy muammosi ma’lumotlarni xorijiy davlatga uzatish uchun qonuniy asoslarning mavjudligi bilan ma’lumotlar uzatilganidan keyin shaxs huquqlarini amalda himoya qilish imkoniyatlari o‘rtasidagi munosabatni aniqlashdan iborat. Shu maqsadda Konstitutsiyaning 31-moddasi, “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonunning transchegaraviy uzatish, ma’lumotlarni himoya qilish va ularni xorijda saqlash hamda qayta ishlashga oid normalari o‘zaro bog‘liqlikda o‘rganiladi. Shuningdek, xorijiy davlatlar qonunchiligi va xalqaro huquqiy standartlar asosida ma’lumotlarni qabul qiluvchi davlatda himoyaning yetarli darajasini ta’minlash, ma’lumotlar subyektining huquqlarini boshqa yurisdiksiyada amalga oshirish hamda huquq buzilgan taqdirda samarali himoya vositalaridan foydalanish masalalari qiyosiy-huquqiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari transchegaraviy uzatishning qonuniyligi bilan uzatilgan ma’lumotlar ustidan keyingi huquqiy himoyaning samaradorligi bir-biridan farqlanishini ko‘rsatadi. Shu asosda O‘zbekiston qonunchiligida xorijiy yurisdiksiyada shaxs huquqlarini himoya qilish kafolatlarini baholash va ularning amaliy ta’minlanishini kuchaytirishga qaratilgan takliflar ilgari suriladi.
Abstract
This article examines the constitutional and legal issues involved in safeguarding the right to privacy and the right to personal data protection, as guaranteed by the Constitution of the Republic of Uzbekistan, in the context of cross-border transfers of personal data. The central research problem is to determine the relationship between the existence of lawful grounds for transferring data to a foreign country and the availability of effective protection of data subjects’ rights after such a transfer. To this end, Article 31 of the Constitution of the Republic of Uzbekistan is examined in conjunction with the provisions of the Law of the Republic of Uzbekistan “On Personal Data” governing cross-border transfers, data protection, and the storage and processing of personal data abroad. In addition, a comparative legal analysis is conducted, drawing on foreign legislation and international legal standards, to examine the provision of an adequate level of protection in the recipient country, the exercise of data subjects’ rights in another jurisdiction, and access to effective remedies in the event of a rights violation. The findings indicate that the lawfulness of a cross-border transfer and the effectiveness of subsequent legal protection for transferred data are distinct but interrelated aspects. On this basis, the article proposes measures to improve the assessment of safeguards for data subjects’ rights in foreign jurisdictions and strengthen the practical implementation of such safeguards under the legislation of the Republic of Uzbekistan.
Iqtibos uchun
Zafarbek Niyozmatov. Shaxsga doir ma’lumotlarning transchegaraviy uzatilishi sharoitida shaxsiy hayot daxlsizligini konstitutsiyaviy-huquqiy ta’minlash // Adolat. – 2026. – № 10. – С. 128–141.