На верх

Vakant

Alixanov Bobir Batirovich, 1962 yili 14 oktyabrda Toshkent shaxrida tug‘ilgan. Maʼlumoti – oliy, jurnalist.

1983 yil Toshkent Davlat universitetini tomomlagan.

Mexnat faoliyatini 1983 yil O‘zbekiston televideniyasi “Toshkent” bosh tahririyati maʼmuri lavozimida boshlagan. Keyinchalik mazkur televideniyada kichik muharriri, “Axborot” bosh tahririyati muharriri, katta muharriri, bo‘lim mudiri, masʼul kotibi bo‘lib ishlagan.

1990-1992 yillarda O‘zbekiston televideniyasi bolalar va yoshlar ijodiy uyushmasining direktor o‘rinbosari, 1992 – 1997 yillarda O‘zbekiston bosh muharririyati bosh muharriri o‘rinbosari, O‘zTV bosh direktori, O‘zTV bosh direksiyasi siyosiy sharhlovchisi, Iktisodiy-ijtimoiy va maʼrifiy ko‘rsatuvlar bosh direksiyasi siyosiy sharhlovchisi, Siyosiy dasturlar bosh muharririyati bosh muharriri, 1997 – 2006 yillarda O‘zTV bosh direksiyasi bosh direktori, “Axborot” informatsion dasturlar direksiyasi bosh direktori, 2006 – 2012 yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti Oliy jurnalistika kurslari rahbar o‘rinbosari, 2014-2015 yillarda “UZREPORT” axborot agentligi masʼuliyati cheklangan jamiyati “UZREPORT TV” telekanali bosh prodyuseri, 2017 yilda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining o‘rinbosari, raisining birinchi o‘rinbosari, raisi vazifasini bajaruvchi, 2017-2019 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi xuzuridagi axborot-taxlil multimedia markazi Bosh direktori, 2019 yilda “Ifoda Agro Kimyo Ximoya” MCHJning  Bosh prodyuseri lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

Markaz direktorining 2021 yil 1 fevraldagi 25-sht-son buyrug‘iga asosan Media materiallarini tayyorlash bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Присоединяйтесь к нашим социальным сетям!