На верх

Klichev Xayotjon Odilovich

Klichev Xayotjon Odilovich 1987-yil 2-iyunda Buxoro viloyati Buxoro shahrida tugʻilgan. Ma’lumoti – oliy, huquqshunos, 2010-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, “2-darajali adliya maslahatchisi” maxsus unvoniga ega.

Xayotjon Odilovich mehnat faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Buxoro viloyati adliya boshqarmasining qabulxona kotibi lavozimidan boshlagan.

Shundan soʻng, oʻtgan davr mobaynida Adliya vazirligi tizimida turli mas’uliyatli lavozimlarda mehnat faoliyatini amalga oshirib, 2019-2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Hokimiyat vakillik organlari va siyosiy partiyalar bilan hamkorlik qilish shoʻbasi bosh inspektori lavozimida ishlagan.

2023-yil 7-fevraldan hozirgi vaqtga qadar Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Siyosiy institutlar, koʻppartiyaviylik va saylov tizimi rivojlanishi muammolari boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat koʻrsatgan.

Xayotjon Odilovich Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 13-martdagi 315-sht-son buyrugʻiga asosan Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi direktori oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlangan.

Присоединяйтесь к нашим социальным сетям!