На верх

Abdullayev Sherzod Komilovich

Abdullayev Sherzod Komilovich 1989-yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan, maʼlumoti oliy, 2-darajali yurist, 2014-yilda Urganch davlat Universitetini (bakalavr), 2016-yilda O‘zbekiston Milliy universitet (magistratura) bosqichini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2015-2016-yillarda Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 200-son umumiy o‘rta taʼlim maktabining tarix, milliy istiqlol g‘oyasi, maʼnaviyat asoslari va huquq fani o‘qituvchisi lavozimidan boshlagan.

2017–2018-yillarda Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchisi, 2018-2019-yillarda Chilonzor tuman Maktabgacha taʼlim bo‘limida Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis, 2019-yil 6-mayda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “Adolat” huquqiy axborot markazi Umumiy bo‘lim katta mutaxassisi (Tashkiliy ishlar va ijro nazorati bo‘yicha masʼul) lavozimida, 2020-yil 23-noyabrdan 2021-yil 8-avgustgacha qadar “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi tashkiliy nazorat va kadrlar bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassisi lavozimida va 2021-yil 8-avgustdan “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi Rasmiy nashrlarni va yuridik adabiyotlarni tayyorlash va tahrir qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda.

Присоединяйтесь к нашим социальным сетям!