На верх

Irgasheva Dilfuza Rustamovna

Irgasheva Dilfuza Rustamovna, 1986 yil 1 noyabrda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. Maʼlumoti oliy.

2010 yilda O‘zbekiston Davlat jahon tillari universitetining bakalavr bosqichini, 2012 yilda magistratura bosqichini tamomlagan.

“O‘zbekiston mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.  2018 yilda Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilgan “Eng yaxshi huquq targ‘ibotchisi” respublika tanlovi g‘olibi. 2019 yilda “Adliya aʼlochisi” ko‘krak nishoni taqdirlangan.

Mehnat faoliyatini 2008 yilda “Inson va qonun” gazetasining  muxbiri lavozimida boshlagan. 2012-2014 yillarda “Inson va qonun” gazetasi tahririyatining Huquq-tartibot idoralari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

2014-2018 yillarda “Inson va qonun” gazetasi tahririyatining adabiy muharriri, 2018-2020 yillarda ushbu tahririyat masʼul kotibi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

2020 yil dekabrdan “Adolat” huquqiy axborot markazi Huquqiy targ‘ibot ishlarini amalga oshirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda.

Присоединяйтесь к нашим социальным сетям!