На верх

Matkarimov Umarbek Shuxratovich

Matkarimov Umarbek Shuxratovich, 1986 yili 30 noyabrda Xorazm viloyati Shovot tumanida tug‘ilgan.

Maʼlumoti– oliy, Informatika va axborot texnologiyalari, 1-darajali yurist.

2012 yil Toshkent Islom universitetini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini-2009 yilda O‘zbekneftgazinformatika OAJ texnik lavozimida boshlagan.

2011−2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muxofaza qilish vazirligida turli lavozimlarda, 2017 yilda O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligida bosh mutaxassis, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish guruhi rahbari, 2018-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bo‘lim boshlig‘i, Davlat xizmatlarini raqamlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

2020 yil 17 noyabrdan U.Matkarimov “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi Dasturiy va texnik taʼminot bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoilyat yuritib kelmoqda.

Присоединяйтесь к нашим социальным сетям!