На верх

Narkabilov Narkuchkar Raxmatovich

Narkabilov Narkuchkar Raxmatovich, 1968 yilda Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanidagi Mo‘minqul qishlog‘ida tavallud topgan. 1992 yil ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. Shoir, yozuvchi, dramaturg.

“Kaftimdagi qizg‘aldoq”, “Xosiyatli dunyo”, “Deraza rahidagi gul” sheʼriy kitoblari, “Daryo ortidagi yig‘i”, “Kulib tur, azizim”, “Quyoshni kim uyg‘otadi?..”, “Ko‘zlaringni ko‘rgani keldim”, “Afg‘on: 2 rota”, “Osmon ostidagi sir”, “Biz jangdan qaytmadik...” nomli nasriy kitoblar muallifi.

Shuningdek, 2021 yilda “O‘zbekiston” nashriyotida Olislarda osmon yo‘q edi" sarlavhali kitobi nashrdan chiqdi. “Yangi asr avlodi” nashriyotida “Urush tugasa, ayting, qaytib kelaman” va “Urushning birinchi kuni” hamda “Samodil” kitobining qayta nashri; G‘afur G‘ulom nashriyotida “Urush ko‘rgan adiblar” seriyasida Qo‘chqor Norqobilning “Daryo ortidagi yig‘i” kitobi nashrdan chiqqan.

Q.Norqobilning nafaqat davlatimizda balki xorijda ham kitoblari nashr etilgan. Jumladan, 2021 yil “Xochu uvidet tvoi glaza” nomli kitobi Moskvada chop etildi.

“Taqdir sinovlari”, “Quyoshni sen uyg‘otasan”, “Nur soyada qolmaydi”, “Omad biz tomonda”, “Suv ko‘rmay etik yechma”, “Zamindan olis ketma”, “Dildagi dog‘”, “O‘z uyingdan baxt izla”, “Har narsaning javobi bor” kabi dramalari Respublikamiz va viloyat teatrlarida sahnalashtirilgan.

Qo‘chqor Norqobil 2001 yil O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist unvoniga sazovor bo‘lgan.

2021 yilda Adliya vazirligining “Adliya aʼlochisi” hamda Mudofaa vazirining buyrug‘iga asosan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining "Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar aʼlochisi"  ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Hozirgi kunda “Adolat” milliy huquqiy axborot markazining “Inson va qonun” gazetasi Bosh muharriri.

Присоединяйтесь к нашим социальным сетям!