На верх

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazida “Oyning eng yaxshi xodimi” aniqlandi

Admin   05,05-2021 5322

Unga ko‘ra, Markazning “Huquq va burch” jurnali bosh mutaxassisi Alimardanov Furqat Hasan o‘g‘li “Oyning eng yaxshi xodimi” deb topildi.

Furqat Alimardanov turli yillarda “Maʼrifat” – “Uchitel Uzbekistana” gazetalari tahririyatida masʼul xodim, “O‘zbekkino” Milliy agentligida bosh mutaxassis, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi ilmiy ekspertiza bo‘limi yetakchi mutaxassisi, O‘zbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi yetakchi mutaxassisi, “Turon24” axborot agentligi muxbiri, "Soliq plyus” gazetasi masʼul kotibi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2021 yil 25 yanvardan hozirgi kunga qadar "Huquq va burch” jurnali bosh mutaxassisi lavozimida ishlab kelmoqda.

Alimardanov Furqat Hasan o‘g‘lini ushbu eʼtirof bilan tabriklab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyat, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaymiz.

Присоединяйтесь к нашим социальным сетям!