На верх

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi jamoasi orasidan 2022-yilning mart oyi uchun “Oyning eng yaxshi xodimi” aniqladi.

Admin   06,04-2022 2474

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi jamoasi orasidan 2022-yilning mart oyi uchun “Oyning eng yaxshi xodimi” aniqladi.

Unga ko‘ra, Markazning Rasmiy nashrlarni va yuridik adabiyotlarni tayyorlash va tahrir qilish bo‘limi bosh mutaxassisi Matkarimova Dilorom Kuziyevna “Oyning eng yaxshi xodimi” deb topildi.

Matkarimova Dilorom Kuziyevna 1965 yil Xorazm viloyati, Shovot tumanida tug‘ilgan, maʼlumoti oliy, 1987 yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Matkarimova Dilorom Kuziyevna mehnat faoliyatini 1987 yilda Shovot tumani Maxtumquli jamoa xo‘jaligining aʼzoligidan boshlagan.

1997-2021 yillarda “Savdogar” gazetasi muxbiri, “Milliy tiklanish” gazetasi tahririyatining bo‘lim muharriri, Bosh muharrir o‘rinbosari, “Milliy tiklanish” O‘zMTDP Markaziy kengashi ish yurituvchisi, “Qishloq hayoti” gazetasining adabiy xodimi, muxbiri, “Maʼnaviyat, maʼrifat, adabiyot va sanʼati” masalalari bo‘lim muharriri, “Inson va qonun” huquqiy gazetasi tahririyati “ijtimoiy-siyosiy bo‘limi” muxbiri, yetakchi muharriri, bo‘lim boshlig‘i, “Kitob dunyosi” gazetasi bosh muharriri, “Oila va jamiyat” gazetasi muxbiri, masʼul kotibi, “Adolat ijtimoiy-siyosiy gazetasi taxririyati” MCHJ Partiya turmushi va parlament faoliyati bo‘limi muxbiri, bo‘lim mudiri, “Akademnashr” MCHJ muharriri lavozimlaridada ishlagan.

U 2021 yil 12 oktyabrdan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot Rasmiy nashrlarni va yuridik adabiyotlarni tayyorlash va tahrir qilish bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimida ishlab kelmoqda.

Matkarimova Dilorom Kuziyevnani ushbu eʼtirof bilan tabriklab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyat, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaymiz.

Присоединяйтесь к нашим социальным сетям!