На верх

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazida “Oyning eng yaxshi xodimi” aniqlandi

Admin   08,11-2021 3495

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi jamoasi orasidan 2021 yilning oktyabr oyi uchun “Oyning eng yaxshi xodimi” aniqladi.

Markazning Marketing, reklama va obuna bo‘limi bosh mutaxassisi O‘rinov Ahrorbek Axmadbekovich 2021 yil oktyabrida “Oyning eng yaxshi xodimi” deb eʼtirof etildi.

A.O‘rinov 2009-2011 yillarda “Huquq va burch” ijtimoiy-huquqiy jurnalining obuna bo‘limida mutaxassis lavozimida mehnat faoliyatini boshlagan. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetida 2010-2014 yillarda tahsil olgan. 2014-2019 yillarda “Huquq va burch” ijtimoiy-huquqiy jurnalining “Xatlar va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi”da muharrir bo‘lib ishlagan. 2019-2020 yillarda “Huquq ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishning dolzarb muammolarini yoritish bo‘limi” yetakchi muharriri lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2020 yil 1 dekabrdan hozirgi kunga qadar “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi “Marketing, reklama va obuna bo‘limi” bosh mutaxassisi lavozimida ishlab kelmoqda.

O‘rinov Ahrorbek Axmadbekovichni ushbu eʼtirof bilan tabriklab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyat, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaymiz.

Присоединяйтесь к нашим социальным сетям!