На верх

Eng yaxshi innovatsion loyiha” tanlovi o‘tkaziladi

Admin   30,11-2022 1289

Eng yaxshi innovatsion loyiha” tanlovi o‘tkaziladi

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi tomonidan “Eng yaxshi innovatsion loyiha” tanlovi o‘tkaziladi.

Tanlovda O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshga to‘lgan fuqarolari qatnashishi mumkin.

Tanlovga huquqiy targ‘ibot bo‘yicha eng yaxshi innovatsion loyiha sifatida 2022 yil 1 noyabrgacha faoliyati yo‘lga qo‘yilgan hamda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiluvchi va oxirgi 3 oy davomida faoliyat yuritib kelgan texnik ishlanmalar (veb-sayt, platforma, mobil ilova va boshqa texnik usullar yordamida ishlovchi ishlanmalar) hamda huquqiy targ‘ibotni amalga oshiruvchi innovatsion g‘oyalar taqdim etiladi.

Tanlovda qatnashish uchun hujjatlar 2022 yil 10 dekabrgacha @adolattanlovi_bot telegram boti orqali qabul qilinadi.

G‘oliblar diplom hamda quyidagi sovg‘alar bilan taqdirlanadi:

–1-o‘rin: noutbuk;

–2-o‘rin: planshet;

–3-o‘rin: televizor.

Tanlov shartlari bilan batafsil bu yerda tanishing.

Присоединяйтесь к нашим социальным сетям!