На верх

Munosabat

Admin   26,01-2023 1806

2022-yil dekabr oyida “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi tomonidan yangi Mehnat kodeksi 1 000 ta nusxada (o‘zbek va rus tillarida) chop etilgan.

Kodekslarning rus tili nashridagi texnik xatolik ularning 238 tasi sotib bo‘lingach aniqlanib, do‘konlardan qolgan kodekslar zudlik bilan yig‘ib olingan.

Mazkur texnik xatolikka yo‘l qo‘ygan sohaga masʼul shaxslarga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilib, kelgusida bunday xatoga yo‘l qo‘ymaslik choralari belgilab olindi.

Ushbu texnik xatoligi mavjud kodeksni sotib olgan fuqarolarimiz (71) 233-25-65; (33) 280-55-40 raqamlariga aloqaga chiqishlarini so‘raymiz. “Adolat” MHAM tomonidan kodekslarning to‘g‘rilangan shakli Sizga yetkazib beriladi.

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi

Присоединяйтесь к нашим социальным сетям!