“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi haqida

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi haqida

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi – aholi va ijrochilarga jamiyatda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan huquqiy axborotlarni hamda targ‘ibot materiallarini tayyorlash va tezkor tarqatish, normativ-huquqiy hujjatlar matnlarini rasmiy e’lon qilish sohasida respublikaning yetakchi davlat muassasasi hisoblanadi.

Markaz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-maydagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5997-son Farmoni bilan Adliya vazirligining “Adolat” huquqiy axborot markazi davlat muassasasi, “Inson va qonun” gazetasi tahririyati davlat unitar korxonasi hamda “Huquq va burch” ijtimoiy-huquqiy jurnali tahririyatini birlashtirish yo‘li bilan ularning negizida Vazirlik qoshida davlat muassasasi shaklidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi tashkil etilgan.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi faoliyatini tashkil etish, shuningdek aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 678-son qarorida markazning asosiy vazifalari belgilangan.

Markaz tarkibidagi “Inson va qonun” gazetasi tahririyati hamda “Huquq va burch” ijtimoiy-huquqiy jurnali tahririyati amaldagi xizmat ko‘rsatish sohalarini saqlab qolgan holda faoliyat yuritadi.

Vazifalarimiz:


– O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasini shakllantirish va yuritish, undan jismoniy va yuridik shaxslarning belgilangan tartibda foydalanishini ta’minlash, shuningdek ushbu milliy bazada normativ-huquqiy hujjatlarning rasmiy nashr etilishini, ularning turkumlashtirilgan hisobini va nazorat nusxalarini elektron shaklda yuritilishini ta’minlash;


– normativ-huquqiy hujjatlar matnlarining hamda zarur bo‘lgan taqdirda, tegishli axborot-tahliliy materiallarning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha barcha davlat organlariga va tashkilotlarga elektron shaklda yuborilishini ta’minlash;

– aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha manzilli va predmetli huquqiy targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish, shuningdek davlat organlari va tashkilotlar bilan birgalikda normativ-huquqiy hujjatlarning norma va qoidalarini aholiga tushuntirish bo‘yicha namunaviy hujjatlar to‘plamini tayyorlash;

– normativ-huquqiy hujjatlarning mohiyatini hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyatini keng yoritish bo‘yicha axborot-tahliliy media materiallarni, shu jumladan, audio- va videoroliklar, ijtimoiy reklamalar, voqea joyidan reportajlarni tayyorlash va tarqatish, shuningdek, bosma va elektron davriy ijtimoiy-huquqiy nashrlarni tayyorlash va chop etish;

– rasmiy nashrlar — “O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik to‘plami”, “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar to‘plami”ning, davriy nashrlar — “Inson va qonun” gazetasi, “Huquq va burch” ijtimoiy-huquqiy jurnalining hamda boshqa nashrlar — yuridik adabiyotlar, jumladan yuridik darsliklar, sharhlar va turli qo‘llanmalarni belgilangan tartibda chop etilishini ta’minlash;

– faoliyat turi bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish, sotish hamda xizmatlar ko‘rsatish;

– davlat organlari va tashkilotlarning buyurtmasiga ko‘ra shartnoma asosida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari hamda boshqa huquqiy va boshqaruv hujjatlari namunalarini tayyorlash, shuningdek ijtimoiy-huquqiy axborotlarni keng yoritishga qaratilgan media materiallarni tayyorlash bo‘yicha konsalting xizmatlarini ko‘rsatish.
 

Markazda 11 ta bo‘lim faoliyat olib bormoqda:

– “Inson va qonun” gazetasi hamda “Huquq va burch” ijtimoiy-huquqiy jurnali birlashgan tahririyati;

– Normativ-huquqiy hujjatlarni kiritish va nazorat holatiga keltirish bo‘limi;

– Yuridik ishlov berilgan va nazorat holatiga keltirilgan hujjatlarni tekshirish bo‘limi;

– Rasmiy nashrlarni va yuridik adabiyotlarni tayyorlash va tahrir qilish bo‘limi;

– Huquqiy targ‘ibot ishlarini amalga oshirish bo‘limi;

– Media materiallarni tayyorlash bo‘limi;

– Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va huquqiy hujjatlar namunalarini tayyorlash bo‘limi;

– Veb-resurslar bilan ishlash bo‘limi

– Dasturiy va texnik ta’minot bo‘limi;

– Moliya-iqtisod bo‘limi;

– Marketing, reklama va obuna bo‘limi.

Qonun hujjatlarini qayerdan izlaymiz?
O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz) mamlakatimizda qabul qilingan barcha qonun hujjatlarini e’lon qiladigan yagona rasmiy elektron manba hisoblnadi.

Kitoblarimizni qayerdan sotib olishingiz mumkin?
“Adolat” nashr belgisi ostida chop etilayotgan kitoblarni poytaxtimizning Bobur ko‘chasida joylashgan Markazimizga qarashli “Yuridik adabiyotlar” kitob do‘konidan, internet do‘konidan, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boshqa kitob do‘konlaridan xarid qilishingiz mumkin. Aholining huquqiy bilimlarini oshirishga bo‘lgan hayotiy ehtiyojni hisobga olgan holda, markaz xodimlari yil davomida butun respublika bo‘ylab sayyor kitob savdolarini tashkil etishadi.

Maqsadimiz:
– aholining turli qatlamlari, o‘quvchi yoshlar, kichik yoshdagi kitobxonlar, imkoniyati cheklangan shaxslar, talabalar, turli sohalarda faoliyat yuritayotgan xodimlar, davlat xizmatchilari uchun huquqiy axborot taqdim etish;
– globallashuv jarayonida yoshlarimizning turli yot g‘oya va madaniyatlar ta’siriga tushib qolishidan himoyalash, odamlarning odam savdosi, giyohvandlik va boshqa turli illatlar domiga tushib qolishining oldini olishda zarur huquqiy adabiyotlar bilan ta’minlash;
– tezkor, shiddatli davr islohotlari talablari asosida yangi qabul qilinayotgan qonunlar, farmon, qarorlar va boshqa huquqiy hujjatlar mazmuni va ulardagi o‘zgarishlar bilan yurtdoshlarimizni muntazam xabardor etib borish.

 

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi rahbariyati tomonidan jismoniy
va yuridik shaxslar, shuningdek, ularning vakillarini qabul qilish
JADVALI

Lavozimi F.I.O. QABUL VAQTI
Direktor

Vakant

QABUL KUNI
Dushanba-juma
09:00 dan 18:00 gacha

Direktor o‘rinbosari

Klichev Xayotjon Odilovich

Inson va qonun gazetasi hamda Huquq va burch ijtimoiy-huquqiy jurnali birlashgan tahririyati Almardanov Asliddin Toshmamatovich
Normativ-huquqiy hujjatlarni kiritish va nazorat holatiga keltirish bo‘lim boshlig‘i Xujjatov Qavomiddin Arslonxonovich
Yuridik ishlov berilgan va nazorat holatiga keltirilgan hujjatlarni tekshirish bo‘lim boshlig‘i Turg‘unov Bahodir Alisherovich
Rasmiy nashrlarni va yuridik adabiyotlarni tayyorlash va tahrir qilish bo‘lim boshlig‘i Abdullayev Sherzod Komilovich
Huquqiy targ‘ibot ishlarini amalga oshirish bo‘lim boshlig‘i Dilfuza Rustamovna Irgasheva
Media materiallarini tayyorlash bo‘lim boshlig‘i Alixanov Bobir Batirovich
Normativ-huquqiy xujjatlar loyixalari va huquqiy xujjatlar namunalarini tayyorlash bo‘lim boshlig‘i Axmedov Muzaffar Murodjonovich
Veb-resurslar bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i Djumamuratov Akmal Allayarovich
Dasturiy va texnik taʼminot bo‘lim boshlig‘i Normurodov Yusufjon Xolman o‘g‘li
Moliya-iqtisod bo‘lim boshlig‘i Yerdashev Muzaffar Xabibullayevich
Marketing, reklama va obuna bo‘lim boshlig‘i Kuldashev Faxrutdin Abdulazizovich

 

Izoh: Maʼlumot uchun tel.: 71-233-28-18. Tushlik soat 13:00 dan 14:00 gacha


Manzilimiz:
Toshkent shahar, Mirobod tumani, Amir Temur shohko‘chasi, 19-uy.
Telefon: (71) 233-26-56.
Elektron pochta:  info@adolatmarkazi.uzinfo@lex.uz
E-xat: adolat_xam@exat.uz

Bizni kuzating:
Sayt: www.lex.uz (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi)
Telegram: https://t.me/lexuzofficial
Facebook: www.facebook.com/adolatmarkazi1
Instagram: https://www.instagram.com/adolatmarkazi/