Yuqoriga

Ahmedov Muzaffar Murodjonovich

Axmedov Muzaffar Murodjonovich, 1987 yili 29 oktyabrda Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. Maʼlumoti– oliy, huquqshunos 3 darajali adliya maslahatchisi.

2009 yil Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2009 yilda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani prokurori yordamchisi lavozimida ish o‘rganuvchi vazifasidan boshlagan.  2009-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi tizimida prokuror yordamchisi, tergovchi, bo‘lim prokurori, bo‘lim boshlig‘i hamda boshqarma katta prokurori lavozimlarida ishlagan.

2018-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” huquqiy axborot markazi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasini takomillashtirish bo‘limi bosh maslahatchisi, 2020 yil 18 fevraldan normativ-huquqiy hujjatlarni kiritish va nazorat holatiga keltirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Markaz direktorining 2021 yil 18 yanvardagi 9-sht-son buyrug‘iga asosan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va huquqiy hujjatlar namunalarini tayyorlash bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlanib, ishlab kelmoqda.