Yuqoriga

Almardanov Asliddin Toshmamatovich

Almardanov Asliddin Toshmamatovich, 1986 yil 24 dekabrda Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida tug‘ilgan.

Ma’lumoti – oliy. Ixtisoslik – falfasa-huquqshunos.

2007 yilda Termiz davlat universitetini, 2009 yilda O‘zbekiston milliy universitetini (magistratura), 2012 yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq institutini (aspirantura) tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2012 yilda O‘zbekiston milliy universitetida stajor-tadqiqotchi-izlanuvchi vazifasida boshlagan. 2013 yildan “Zukkolar davrasida” jurnali bosh muharriri, 2016 yildan 2019 yilga qadar “XXI asr” ijtimoiy-siyosiy gazetasi tahririyatida musahhih, Axborot-tahlil, xatlar va shikoyatlar, mintaqaviy muxbirlar bilan ishlash bo‘limi katta muxbiri, Kotibiyat bo‘limi rahbari (mas’ul kotib), Bosh muharrirning ijodiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, Bosh muharrirning birinchi o‘rinbosari. 2019 yil “Huquq va burch” ijtimoiy-huquqiy jurnali bosh muharriri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy-huquqiy axborot markazi davlat muassasasining "Huquq va burch" ijtimoiy-huquqiy jurnali tahririyatining bosh muxarriri sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.