Yuqoriga

Xujjatov Qavomiddin Arslonxonovich

Xujjatov Qavomiddin Arslonxonovich, 1989 yilda Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida tug‘ilgan.

Maʼlumoti– oliy, huquqshunos, 1 darajali yurist

2011 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2012-2018 yillarda Adliya vazirligi Huquqiy axborot bilan taʼminlash markazi Qonun hujjatlariga yuridik ishlov berish bo‘limi yetakchi maslahatchisi, bosh maslahatchisi, bo‘lim boshlig‘i, guruh rahbari. 2018 yilda Adliya vazirligi Huquqiy axborot va targ‘ibot boshqarmasi bosh maslahatchisi, Adliya vazirligi Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi bosh maslahatchisi, 2018 yildan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” huquqiy axborot markazi Yuridik ishlov berilgan va nazorat holatiga keltirilgan hujjatlarni tekshirish bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

Markaz direktorining 2021 yil 20 yanvardagi 11-sht-son buyrug‘iga asosan Normativ-huquqiy hujjatlarni kiritish va nazorat holatiga keltirish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlanib, ishlab kelmoqda.