Yuqoriga

Kuldashev Faxrutdin Abdulazizovich

Kuldashev Faxrutdin Abdulazizovich, 1969 yilda Surxondaryo viloyati Termiz shahrida tug‘ilgan.

Maʼlumoti– oliy, huquqshunos, 2-darajali adliya maslahatchisi.
2002 yilda Shuxrat medali bilan taqdirlangan

1996 yilda Tojikiston davlat universiteti 2005 yilda (nostrifikatsiya qilingan), 2001 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

Mehnat faoliyati-1986-1988 yillarda Surxondaryo viloyat prokuraturasi umumiy nazariy bo‘lim inspektori, 1988-1990 yillarda USSR, Xarkov shahri 7454-“Ya”-sonli harbiy qism, ish yurituvchi, 1993 yil Surxondaryo viloyati “Axoliga maishiy xizmat ko‘rsatish” uyushmasi yuristi, 1993-1996 yillarda “Parvina” nomli kichik korxona yuristi, 1996-1997 yillarda “Termizqurilish” AJ yuristi, 1997-1998 yillarda “Surxondaryoqurilish” AJ va JK assotsiatsiyasi yuristi va xususiylashtirish bo‘limi boshlig‘i, 1998 yil Surxondaryo viloyat hokimligi adliya boshqarmasi katta va yetakchi maslahatchisi, 1998-2006 yillarda Surxondaryo viloyati hokimligi adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i, boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchisi, bo‘lim boshlig‘i. 2006-2010 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bosh maslahatchisi va bo‘lim boshlig‘i. 2010-2012 yillarda Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari. 2012-2013 yillarda Toshkent viloyat adliya boshqarmasi Qonun hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va turkumlash sho‘basi mudiri. 2013-2015 yillarda Toshkent viloyat adliya boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish bo‘limi boshlig‘i. 2015-2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Shartnomaviy huquqiy ishlarni nazorat qilish boshqarmasi bosh maslahatchisi, 2017-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Huquqiy targ‘ibot va axborot boshqarmasi bosh maslahatchisi. 2018-2019 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bosh maslahatchisi, 2019-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari. 2020 yil 10 martdan – 2020 yil dekabriga qadar “Adolat” huquqiy axborot markazi davlat muassasasi Rasmiy nashrlarni tayyorlash va tahrir qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

Markaz direktorining 2020 yil 23 noyabrdagi 56-sht-son buyrug‘iga asosan Marketing, reklama va obuna bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlanib, ishlab kelmoqda.