Yuqoriga

Turg‘unov Bahodir Alisherovich

Turg‘unov Bahodir Alisherovich, 1991-yil 9-fevralda Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan. Maʼlumoti – oliy, huquqshunos, 3-darajali yurist.

2016-yilda Toshkent davlat yuridik universitetining bakalavr, 2018-yilda magistratura bosqichini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2018-yilda Adliya vazirligining Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish boshqarmasining 1-toifali ish yurituvchi kotibi lavozimidan boshlagan. Keyinchalik mazkur boshqarmada katta maslahatchi lavozimida ishlagan. 2020-yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” huquqiy axborot markazining Normativ-huquqiy hujjatlarni kiritish va nazorat holatiga keltirish bo‘limi bosh maslahatchisi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Markaz direktorining 2021-yil 26-yanvardagi 21-sht-son buyrug‘iga asosan Yuridik ishlov berilgan va nazorat holatiga keltirilgan hujjatlarni tekshirish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.