Yuqoriga

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi jamoasi orasidan 2021 yilning avgust oyi uchun “Oyning eng yaxshi xodimi” aniqladi

Admin   08,09-2021 284

 

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi jamoasi orasidan 2021 yilning avgust oyi uchun “Oyning eng yaxshi xodimi” aniqladi.

Unga ko‘ra, Markazning "Inson va qonun" gazetasi tahririyati muhbiri Artikxodjayeva Gulbaxor Kadirxojayevna “Oyning eng yaxshi xodimi” deb topildi.

G.Artikxodjayeva 2002 yil Toshkent viloyati Chinoz tumani hokimligi “Chinoz hayoti” gazetasi tahririyati muxbiri lavozimida ishlashdan boshlagan, 2004-2008 yillarda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi “Milliy tiklanish” gazetasi muxbiri, bo‘lim mudiri, 2008-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan “Adolat” nashriyoti davlat korxonasi musahhihi, muharriri, 2018-2019 yillarda Adliya vazirligi “Adolat” huquqiy axborot markazi tahrir qilish bo‘limi bosh mutaxassis-korrektori, 2019-2020 yillarda Adliya vazirligining “Adolat” huquqiy axborot markazi davlat muassasasi Rasmiy nashrlarni tayyorlash va tahrir qilish bo‘limi bosh mutaxassisi-korrektor (davlat tili bo‘yicha), 2020-2021 yillarda Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi Rasmiy nashrlarni va yuridik adabiyotlarni tayyorlash va tahrir qilish bo‘limi bosh mutaxassisi - musahhix (davlat tili bo‘yicha) lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2021 yil 1 fevraldan hozirgi kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi "Inson va qonun" gazetasi tahririyati muhbiri Artikxodjayeva Gulbaxor Kadirxojayevnani ushbu eʼtirof bilan tabriklab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyat, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaymiz.