Yuqoriga

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi jamoasi orasidan 2021-yilning dekabr oyi uchun “Oyning eng yaxshi xodimi” aniqladi.

Admin   05,01-2022 3276

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi jamoasi orasidan 2021-yilning dekabr oyi uchun “Oyning eng yaxshi xodimi” aniqladi.

Unga ko‘ra, Markazning Veb-resurslar bilan ishlash bo‘limi bo‘limi Yusufjon Xolman o‘g‘li Normurodov “Oyning eng yaxshi xodimi” deb topildi.

Yusufjon Xolman o‘g‘li Normurodov 1992 yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, maʼlumoti oliy, 2018 yilda Toshkent axborot texnologilyalari universitetini tamomlagan.

Yusufjon Xolman o‘g‘li Normurodov mehnat faoliyatini 2018 yilda Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi Dasturiy taʼminotlarni boshqarish bo‘limi Veb-resurslarni kuzatuv guruhi yetakchi mutaxassisi lavozimidan boshlagan.

U 2020 yil 1 dekabrdan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi Veb-resurslar bilan ishlash bo‘limida bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda.

Yusufjon Xolman o‘g‘li Normurodovni ushbu eʼtirof bilan tabriklab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyat, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaymiz.