Yuqoriga

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi jamoasi orasidan 2021 yilning iyul oyi uchun “Oyning eng yaxshi xodimi” aniqladi

Admin   06,08-2021 531

Unga ko‘ra, Markazning Moliya-iqtisod bo‘limi bosh mutaxassisi Sherzod Irkinovich Zubaydullayev “Oyning eng yaxshi xodimi” deb topildi.

Sh. Zubaydullayev mehnat faoliyatini 2003–2006 yillarda Samarqand shahridagi “Sharq” klubi garderobchisi lavozimida ishlashdan boshlagan, 2009–2013 yillarda Samarqand viloyati Adliya boshqarmasida hisobchi, iqtisodchi, yetakchi buxgalter, 2013–2018 yillarda “Adolat” nashriyoti obuna bo‘limi menejeri, yetakchi buxgalteri, bosh buxgalteri lavozimlarida ishlagan. 2018 yil 1 iyundan “Adolat” huquqiy axborot markazi Moliya-iqtisod bo‘limi boshlig‘i – bosh buxgalteri, 2019 yil “Adolat” huquqiy axborot markazi davlat muassasasi Moliya-iqtisod bo‘limi boshlig‘i – bosh buxgalter vazifasini vaqtincha bajaruvchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2020 yil 20 noyabrdan hozirgi kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi Moliya-iqtisod bo‘limi bosh mutaxassisi.

Sherzod Irkinovich Zubaydullayevni ushbu eʼtirof bilan tabriklab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyat, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaymiz.