Yuqoriga

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi jamoasi orasidan 2022-yil aprel oyi uchun “Oyning eng yaxshi xodimi” aniqlandi

Admin   06,05-2022 2338

Unga ko‘ra, Markazning Xoʻjalik ishlari mutaxassisi Mansurov Aziz Fazilxonovich “Oyning eng yaxshi xodimi” deb topildi.

Mansurov Aziz Fazilxonovich 1986-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan, maʼlumoti oliy, 2019-yilda Oʻzbekiston davlat texnika universitetini tamomlagan.

Mansurov Aziz Fazilxonovich mehnat faoliyatini 2005-yilda “Asaka bank” Shayxontohur filiali kredit boʻlimi mutaxassisi lavozimidan boshlagan.

2009-2019-yillarda “Huquq va burch” ijtimoiy-huquqiy jurnali obuna, reklama va ekspeditsiya boʻlimi mutaxassisi, yetakchi mutaxassisi, boʻlimi boshligʻi, 2020-2021-yillarda “Inson va qonun” gazetasi xoʻjalik ishlari mudiri lavozimlarida ishlagan.

U 2021-yil 1-fevraldan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi Xoʻjalik ishlari mutaxassisi lavozimida ishlab kelmoqda.

Mansurov Aziz Fazilxonovichni ushbu eʼtirof bilan tabriklab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyat, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaymiz.