Yuqoriga

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi jamoasi orasidan 2022-yilning dekabr oyi uchun “Oyning eng yaxshi xodimi” aniqlandi

Admin   06,01-2023 1151

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi jamoasi orasidan 2022-yilning dekabr oyi uchun “Oyning eng yaxshi xodimi” aniqlandi.

Unga ko‘ra, Markazning statisti Shoxobiddinov Sardorbek Ravshanbek oʻgʻli “Oyning eng yaxshi xodimi” deb topildi.

Shoxobiddinov Sardorbek Ravshanbek oʻgʻli 1994-yil 22-dekabrda Andijon viloyatida tug‘ilgan, maʼlumoti oliy, 2020-yilda Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tamomlagan.

Shoxobiddinov Sardorbek Ravshanbek oʻgʻli mehnat faoliyatini 2013-yilda “Xoji-ota” mas’uliyati cheklangan jamiyatining huquqshunosi lavozimidan boshlagan.

Shundan so‘ng, 2018-yildan 2019-yilga qadar “Anglesey Food” mas’uliyati cheklangan jamiyatining menejeri, 2021-yil davomida esa “Crocus Technology” mas’uliyati cheklangan jamiyatining finanisti lavozimlarida samarali mehnat faoliyatini amalga oshirgan.

2022-yil mart oyidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi tizimida ish yurituvchi kotib lavozimida faoliyat yuritib, 2022-yil 17-avgustdan buyon Markazning statisti lavozimida ishlab kelmoqda.

U oʻzi faoliyat koʻrsatuvchi lavozim zimmasiga yuklatilgan tegishli vazifa hamda funksiyalardan kelib chiqqan holda, Markaz tarkibiy bo‘linmalari tomonidan yuritiladigan barcha turdagi statistik ma’lumotlarni yigʻish, umumlashtirish, qayta ishlash, tahlil qilish, ularni tegishliligi boʻyicha yuqori turuvchi organlarga taqdim etish, tarkibiy boʻlinmalarning faoliyatiga oid arxiv ma’lumotlarni qonunchilikda belgilangan tartibda saqlash, taqdim etilayotgan statistik ma’lumotlarning sifatli, haqqoniy va ishonchli boʻlishini ta’minlash, statistik ma’lumotlarni ishlab chiquvchi va tayyorlovchilarning faoliyatini muvofiqlashtirish, shakllantirilayotgan ma’lumotlarning asosli hamda toʻgʻri bayon qilinishida, avvalgi va joriy statistik hisobotlarning taqqoslanishi va tahlil qilinishida samarali faoliyat yuritib kelmoqda.

Shoxobiddinov Sardorbek Ravshanbek oʻgʻlini ushbu eʼtirof bilan tabriklab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyat, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaymiz.