Yuqoriga

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi jamoasi orasidan 2022-yilning iyul oyi uchun “Oyning eng yaxshi xodimi” aniqlandi.

Admin   04,08-2022 225

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi jamoasi orasidan 2022-yilning iyul oyi uchun “Oyning eng yaxshi xodimi” aniqlandi.

Unga ko‘ra, Markazning Marketing, reklama va obuna bo‘limi boshlig‘i Kuldashev
Faxrutdin Abdulazizovich “Oyning eng yaxshi xodimi” deb topildi.

Kuldashev Faxrutdin Abdulazizovich 1969-yil Termiz shahrida tug‘ilgan, maʼlumoti oliy, 1996-yilda Tojikiston davlat universitetini, 2001-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

Kuldashev Faxrutdin Abdulazizovich mehnat faoliyatini 1986-yilda Surxondaryo viloyati prokuraturasining umumiy nazariy bo‘lim inspektori lavozimidan boshlagan.

Shundan so‘ng, 1988-1990-yillarda USSR, Xarkov shahri 7454-“YA”-sonli harbiy qism ish yurituvchisi, yefreytori,  1993-1996-yillarda “Parvina” nomli kichik korxona yuristi, 1996-1997-yillarda “Termizqurilish” AJ yuristi, 1997-1998-yillarda “Surxondaryoqurilish” AJ va JK assosiatsiyasi yuristi va xususiylashtirish bo'limi boshlig‘i, 1998-2020-yillarda esa Adliya vazirligi tizimida turli  ma’suliyatli lavozimlarda mehnat faoliyatini amalga oshirgan.

Kuldashev Faxrutdin Abdulazizovich 2002-yilda “Shuhrat” medali bilan, 2021-yilda “Adliya a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

U 2020-yil 23-noyabrdan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi Marketing, reklama va obuna bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda.

Kuldashev Faxrutdin Abdulazizovichni ushbu eʼtirof bilan tabriklab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyat, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaymiz.