Yuqoriga

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi jamoasi orasidan 2023-yilning fevral oyi uchun “Oyning eng yaxshi xodimi” aniqlandi.

Admin   02,03-2023 137

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi jamoasi orasidan 2023-yilning fevral oyi uchun “Oyning eng yaxshi xodimi” aniqlandi.

Unga ko‘ra, Markazning Veb-resurslar bilan ishlash boʻlimi bosh mutaxassisi Gafurov Jamshid Zaripovich “Oyning eng yaxshi xodimi” deb topildi.

Jamshid Zaripovich 1989-yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, maʼlumoti oliy, 2016-yilda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetini tamomlagan.

U mehnat faoliyatini 2015-yilda “Huquq olamida” gazetasining dizayneri lavozimidan boshlagan.

Shundan so‘ng, 2016-2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Inson va qonun” gazetasi tahririyati dizayneri, 2018-2020-yillarda  Huquqiy targʻibot va maʼrifat boshqarmasida katta maslahatchi lavozimlarida samarali mehnat faoliyatini amalga oshirgan.

2020-yil 1-dekabrdan buyon Markazning Veb-resurslar bilan ishlash boʻlimi bosh mutaxassisi lavozimida ishlab kelmoqda.

Jamshid Zaripovich oʻzi faoliyat koʻrsatuvchi boʻlimning zimmasiga yuklatilgan tegishli vazifa hamda funksiyalardan kelib chiqqan holda, fuqarolarni mamlakatimizda qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlari, ularning mazmun-mohiyati, amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar hamda qonunchilikdagi tezkor yangiliklardan xabardor etuvchi telegram messenjerida ochilgan “Huquqiy axborot” kanalida qonunchilikdagi yangiliklarni yoritishga moʻljallangan infografikalar, flayerlar tayyorlash, kontentlar joylashtirish, Markaz tomonidan nashr etiladigan yuridik adabiyotlar, huquqiy qoʻllanmalar hamda boshqa kitoblarni sahifalash, nashrga tayyorlash ishlarida faol ishtirok etmoqda.

Jamshid Zaripovichni ushbu eʼtirof bilan tabriklab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyat, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaymiz.