Yuqoriga

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazida “Oyning eng yaxshi xodimi” aniqlandi

Admin   07,04-2021 5231

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi jamoasi orasidan 2021 yilning mart oyi uchun “Oyning eng yaxshi xodimi” aniqladi.

Unga ko‘ra, Markazning yuriskonsulti Yuldasheva Charos Komilovna “Oyning eng yaxshi xodimi” deb topildi.

Charos Yuldasheva ish faoliyatini 2006 yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan taʼminlash markazi Tashkiliy nazorat, tahlil va kadrlar bo‘limi 2-darajali inspektori lavozimidan boshlab, Tashkiliy nazorat, tahlil va kadrlar bo‘limi mutaxassisi, Qonun hujjatlariga yuridik ishlov berish bo‘limi mutaxassisi, Kadrlar bo‘yicha bosh mutaxassis-devonxona mudiri, Umumiy bo‘lim bosh maslahatchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2020 yil 23 noyabrdan hozirgi kunga qadar “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi yuriskonsulti lavozimida ishlab kelmoqda.

Charos Yuldasheva fuqarolik-huquqiy munosabatlarga oid milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga va eng yaxshi xorijiy amaliyotlarga muvofiqlashtirishda hamda fuqarolik-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan kelishuvlarga rioya etishda vujudga keladigan tizimli muammo va kamchiliklarni tahlil qilish, ularni qonuniy bartaraf etishda o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.

Yuldasheva Charos Komilovnani ushbu eʼtirof bilan tabriklab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyat, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaymiz.