Yuqoriga

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazida “Oyning eng yaxshi xodimi” aniqlandi

Admin   06,12-2021 3341

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi jamoasi orasidan 2021-yilning noyabr oyi uchun “Oyning eng yaxshi xodimi” aniqladi.

Unga ko‘ra, Markazning Tashkiliy-nazorat va kadrlar bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassisi Daurov Timur Anvarovich “Oyning eng yaxshi xodimi” deb topildi.

T. Daurov mehnat faoliyatini 2010-yili Toshkent Harbiy okrug Harbiy prokuraturasi tarjimoni bo‘lib ishlashdan boshlagan. 2010-yil iyul oyidan dekabr oyigacha Toshkent shahar “VICTORY YURCONSALT” MCHJning yuriskonsulti, 2011-2018-yillarda Samarqand shahar “VITA LUCE GROUP” MCHJning yuriskonsulti, 2018-2019-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solish boshqarmasining katta, yetakchi maslahatchisi, 2019-yildan 2020-yilning 17 avgustgacha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solish boshqarmasining bosh maslahatchisi, 2020-yil 19-noyabrdan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va huquqiy hujjatlar namunalarini tayyorlash bo‘limi yetakchi maslahatchisi, 2021-yil shu bo‘limning bosh maslahatchisi lavozimlarida ishlagan.

2021-yil 14-sentyabrdan Markazning Tashkiliy-nazorat va kadrlar bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Daurov Timur Anvarovichni ushbu eʼtirof bilan tabriklab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyat, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaymiz.