Yuqoriga

Markazdagi quyidagi bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov e’lon qiladi

Admin   06,08-2021 5800

Tarjimon-1 ta

Oliy, qoida tariqasida 2-3 yildan kam bo‘lmagan uzluksiz mehnat staji.
(rus, ingliz tili tarjimoni)
Ish haqi va boshqa afzalliklar:
oylik ish xaqi 4-5 million so‘m;
bayram va boshqa muhim sanalar munosabati bilan mukofot pullari;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotib olish uchun yilda bir marotaba moddiy yordam
(bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida);
adliya organlari xodimlariga beriladigan maxsus unvon – martaba darajalarini olish imkoniyati;
mehnat natijalariga qarab boshqa afzalliklar.
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasiga normativ-huquqiy hujjatlarni kiritish bo‘yicha yo‘riqnomani bilishi;
qonun hujjatlarining mohiyatini tushunish va tushuntira olish;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish tajribasiga ega bo‘lish, qonunchilik texnikasini bilish;
davlat tilini mukammal bilish (xorijiy tillarni yaxshi bilish ustunlik beradi);
yuklatilgan vazifalarni mustaqil, nazoratsiz bajara olish;
tashabbuskorlik, jonbozlik xislatlariga, davlat xizmatchisi nomiga loyiq odob-ahloqqa ega bo‘lish.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar 2021 yil 6 avgustdan o‘n besh kalendar kun ichida ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
pasport yoki uning o‘rnini bosadigan boshqa hujjat;
mehnat daftarchasini nusxasi (birinchi marotaba ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno);
tegishli mutaxassislik bo‘yicha diplom nusxasini taqdim etadi.
Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar info@adolatmarkazi.uz elektron manzili orqali elektron shaklda yuborilishi ham mumkin.
Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar 2021 yil 6 avgustdan o‘n besh kalendar kun ichida (2021 yil 20 avgust kuniga qadar) info@adolatmarkazi.uz elektron manzili orqali elektron shaklda yuborilishi ham mumkin. Yuborilayogan ma’lumotnomada nomzodning yashash manzili va telefon raqamlari to‘g‘risidagi hamda qaysi ish o‘rniga hujjat topshirish istagi haqidagi ma’lumotlar to‘liq aks ettirilishi lozim.
Markaz faoliyati bilan bog‘liq barcha hujjatlar va savollar bilan rasmiy veb-saytning hujjatlar, e’lon bilan yangiliklar va bo‘sh ish o‘rinlari bilan vakansiyalar bo‘limida to‘liq tanishishingiz va bu ma’lumotlardan foydalanishingiz mumkin.
Ma’lumot uchun telefon: (71) 233-46-26