Yuqoriga

11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni

Admin   11,11-2022 1500

11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni

Bugun aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, inson huquq va manfaatlarini taʼminlash, xodimlar mehnatini muhofaza qilish, bu orqali hayotimizda ijtimoiy adolat yana-da mustahkam qaror topishida kasaba uyushmalarining o‘rni beqiyos.

11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan “Adolat” milliy huquqiy axborot markazida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda kasaba uyushmalarining xodimlar mehnat faoliyatini munosib tashkil etishdagi o‘rni, shuningdek, mehnat munosabatlarida qonunbuzilish holatlarining oldini olishdagi maqsad-vazifalari haqida fikr yuritildi.

Tadbir davomida Markazning o‘z vazifa va majburiyatlarini masʼuliyat bilan amalga oshirayotgan hamda jamoat tadbirlarida faol ishtirok etib kelayotgan bir guruh xodimlari esdalik sovg‘alari, bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlandi.