Yuqoriga

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi jamoasi orasidan 2021 yilning sentyabr oyi uchun “Oyning eng yaxshi xodimi” aniqladi

Admin   11,10-2021 3475

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi jamoasi orasidan 2021 yilning sentyabr oyi uchun “Oyning eng yaxshi xodimi” aniqladi.

 Unga ko‘ra, Markazning Normativ-huquqiy hujjatlarni kiritish va nazorat holatiga keltirish bo‘limi bosh maslahatchisi Xalikov Farrux Zakirovich “Oyning eng yaxshi xodimi” deb topildi.

 F.Xalikov o‘z faoliyatini 2012-2016 yillarda Samarqand viloyati Adliya boshkarmasining ish yurituvchisi lavozimidan ish boshlagan. 2016-2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan taʼminlash markazi Umumiy bo‘limining 1-toifali kotibi, katta maslahatchisi, yetakchi maslahatchisi, 2018-2019 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” xuquqiy axborot markazi Yuridik ishlov berilgan va nazorat xolatiga keltirilgan xujjatlarni tekshirish bo‘limining bosh maslahatchisi, 2019-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” xuquqiy axborot markazi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasini takomillashtirish bo‘limining bosh maslahatchisi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” xuquqiy axborot markazi Normativ-huquqiy xujjatlarni kiritish va nazorat holatiga keltirish bo‘limining yetakchi maslahatchisi, 2020-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy xuquqiy axborot markazi Normativ-huquqiy xujjatlarni kiritish va nazorat holatiga keltirish bo‘limi yetakchi maslahatchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

 2021 yil 28 yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy xuquqiy axborot markazi Normativ-huquqiy xujjatlarni kiritish va nazorat holatiga keltirish bo‘limi bosh maslahatchisi Xalikov Farrux Zakirovichni ushbu eʼtirof bilan tabriklab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyat, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaymiz.