Yuqoriga

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi jamoasi orasidan 2022-yil oktabr oyi uchun “Oyning eng yaxshi xodimi” aniqlandi.

Admin   03,11-2022 1336

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi jamoasi orasidan 2022-yil oktabr oyi uchun “Oyning eng yaxshi xodimi” aniqlandi.

Unga ko‘ra, Markazning Normativ-huquqiy hujjatlarni kiritish va nazorat holatiga keltirish boʻlimi bosh maslahatchisi Shakirov Muzaffar Murodjon oʻgʻli “Oyning eng yaxshi xodimi” deb topildi.

Shakirov Muzaffar Murodjon oʻgʻli 1997-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan, maʼlumoti oliy, 2020-yilda Toshkent Xalqaro Vestminster universitetini tamomlagan.

Shakirov Muzaffar Murodjon oʻgʻli mehnat faoliyatini 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazida ish yurituvchi lavozimida ishlashdan boshlagan. 2021-2022- yillarda mazkur Markazning Yuridik ishlov berilgan va nazorat holatiga keltirilgan hujjatlarni tekshirish boʻlimi yetakchi maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

U 2022-yil 16-avgustdan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi Normativ-huquqiy hujjatlarni kiritish va nazorat holatiga keltirish boʻlimi bosh maslahatchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

Shakirov Muzaffar Murodjon oʻgʻlini ushbu eʼtirof bilan tabriklab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyat, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaymiz.