“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi jamoasi orasidan 2022-yilning avgust oyi uchun “Oyning eng yaxshi xodimi” aniqlandi.
Unga ko‘ra, Markazning Rasmiy nashrlarni va yuridik adabiyotlarni tayyorlash va tahrir qilish boʻlimi bosh mutaxassisi G‘ayibnazarov Shakarboy Ibrohim o‘g‘li “Oyning eng yaxshi xodimi” deb topildi.
G‘ayibnazarov Shakarboy Ibrohim o‘g‘li 1994-yil Samarqand viloyatida tug‘ilgan, maʼlumoti oliy,
2019-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan. Huquqshunos.
G‘ayibnazarov Shakarboy Ibrohim o‘gְ‘li mehnat faoliyatini 2020-yilda Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasining Guliston shahar adliya bo‘limi katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan.
Shundan so‘ng, Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot institutida mas’ul lavozimda faoliyat olib borgan.
U 2021-yil 29-martdan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazida turli lavozimlarda samarali mehnat faoliyatini olib bormoqda.
G‘ayibnazarov Shakarboy Ibrohim o‘g‘lini ushbu eʼtirof bilan tabriklab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyat, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaymiz.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda!
19 498 foydalanuvchi
74 foydalanuvchi
6 136 foydalanuvchi