Yuqoriga

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi jamoasi orasidan 2022-yilning noyabr oyi uchun “Oyning eng yaxshi xodimi” aniqlandi.

Admin   06,12-2022 1367

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi jamoasi orasidan 2022-yilning noyabr oyi uchun “Oyning eng yaxshi xodimi” aniqlandi.

Unga ko‘ra, Markazning Huquqiy targʻibot ishlarini amalga oshirish bo‘limi bosh maslahatchisi Turemuratov Salamat Jollibayevich “Oyning eng yaxshi xodimi” deb topildi.

Turemuratov Salamat Jollibayevich 1993-yil Nukus shahrida tug‘ilgan, maʼlumoti oliy, 2016-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini, 2020-yilda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetini tamomlagan.

Turemuratov Salamat Jollibayevich mehnat faoliyatini 2016-yilda Jinoyat ishlari boʻyicha Nukus shahar sudining sud majlisi kotibi lavozimidan boshlagan.

Shundan so‘ng, 2017-yildan 2020-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tizimida inspektor, Toshkent yuridik kollejida Fuqarolik huquqiy fanlar kafedrasi oʻqituvchisi, Jinoyat ishlari boʻyicha Nukus shahar sudida devonxona mudiri lavozimlarida samarali mehnat faoliyatini amalga oshirgan.

2020-yil dekabr oyidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi tizimida 2-toifali ish yurituvchi kotib, Normativ-huquqiy hujjatlarni kiritish va nazorat holatiga keltirish boʻlimi yetakchi maslahatchisi lavozimlarida faoliyat yuritib, 2021-yil 4-iyundan buyon Markazning Huquqiy targʻibot ishlarini amalga oshirish bo‘limi bosh maslahatchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

U oʻzi faoliyat koʻrsatuvchi boʻlimning zimmasiga yuklatilgan tegishli vazifa hamda funksiyalardan kelib chiqqan holda, jamiyatda aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan huquqiy axborot materiallarini, o‘quv qo‘llanmalarini tayyorlash, televideniya, radio, ijtimoiy tarmoqlar, maktablar, oliy ta’lim muassasalari, davlat organlari hamda mahallalar kesimida fuqarolarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan huquqlari, majburiyatlari va qonuniy kafolatlarini tushuntirishga mo‘ljallangan targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish, turli xildagi huquqiy viktorinalarni o‘tkazishda faol ishtirok etmoqda. Bundan tashqari “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi xodimlarining mehnat faoliyati bilan uzviy ravishda ularning intellektual salohiyatini yanada yuksaltirish maqsadida Zakovat o‘yinlarini va xodimlarning jismoniy faolligini oshirish uchun sportning futbol turi bo‘yicha musobaqalarni tashkillashtirishda shaxsiy tashabbuskorlik fazilatlarini munosib ravishda namoyon etmoqda.

Turemuratov Salamat Jollibayevichni ushbu eʼtirof bilan tabriklab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyat, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaymiz.