Yuqoriga

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi jamoasi orasidan 2022-yilning sentabr oyi uchun “Oyning eng yaxshi xodimi” aniqlandi.

Admin   04,10-2022 1533

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi jamoasi orasidan 2022-yilning sentabr oyi uchun “Oyning eng yaxshi xodimi” aniqlandi.

Unga ko‘ra, Markazning Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va huquqiy hujjatlar namunalarini tayyorlash boʻlimi boshlig‘i Axmedov Muzaffar Murodjonovich “Oyning eng yaxshi xodimi” deb topildi.

Axmedov Muzaffar Murodjonovich 1987-yilda Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan, maʼlumoti oliy, 2009-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Huquqshunos.

Axmedov Muzaffar Murodjonovich mehnat faoliyatini 2009-yildа Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani prokurori yordamchisi lavozimida ish oʻrganishdan boshlagan.

Shundan so‘ng, Sariosiyo tumani prokurori yordamchisi (2010-2011 y.), Sariosiyo tumani prokuraturasi tergovchisi (2011-2012 y.), Boysun tumani prokurori yordamchisi (2012 y.), Surxondaryo viloyati prokuraturasi sud qarorlarini ijro etishda va qamoqqa olinganlarni saqlashda qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat boʻlimi prokurori (2012-2013 y.), Surxondaryo viloyati prokuraturasi sudlarda jinoyat ishlari koʻrilishida prokuror vakolatini taʼminlash boʻlimi prokurori (2013-2014 y.), Surxondaryo viloyati prokuraturasi sudlarda fuqarolik ishlari koʻrilishida prokuror vakolatini taʼminlash boʻlimi prokurori (2014-2015 y.) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi sudlarda fuqarolik ishlari koʻrilishida prokuror vakolatini taʼminlash boʻlimi prokurori (2015–2017 y.), Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi fuqarolik sud  ishlari yuritishda prokuror vakolatini taʼminlash boshqarmasi prokurori, katta prokurori (2017–2018 y.) lavozimlarida faoliyat olib borgan.

U 2018-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazida turli lavozimlarda samarali mehnat faoliyatini olib bormoqda.

Axmedov Muzaffar Murodjonovichni ushbu eʼtirof bilan tabriklab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyat, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaymiz.