Yuqoriga

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi jamoasi orasidan 2022-yilning yanvar oyi uchun “Oyning eng yaxshi xodimi” aniqladi.

Admin   07,02-2022 2796

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi jamoasi orasidan 2022-yilning yanvar oyi uchun “Oyning eng yaxshi xodimi” aniqladi.

Unga ko‘ra, Markazning Huquqiy targʻibot ishlarini amalga oshirish boʻlimi bosh maslahatchisi Rozimova Lobar Shuxrat qizi “Oyning eng yaxshi xodimi” deb topildi.

Rozimova Lobar Shuxrat qizi 1996 yil Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Beruniy tumanida tug‘ilgan, maʼlumoti oliy, 2019 yilda Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan.

Rozimova Lobar Shuxrat qizi mehnat faoliyatini 2019 yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi Beruniy tumani adliya boʻlimi yetakchi maslahatchisi lavozimidan boshlagan. 2021 yil Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi Huquqiy targʻibot ishlarini amalga oshirish boʻlimi yetakchi maslahatchisi (0.5 stavka), yetakchi maslahatchisi lavozimida ishlagan.

U 2021 yil 19 apreldan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi Huquqiy targʻibot ishlarini amalga oshirish boʻlimi bosh maslahatchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

Rozimova Lobar Shuxrat qizini ushbu eʼtirof bilan tabriklab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyat, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaymiz.