Yuqoriga

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi jamoasi orasidan 2023-yilning mart oyi uchun “Oyning eng yaxshi xodimi” aniqlandi

Admin   05,04-2023 1634

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi jamoasi orasidan 2023-yilning mart oyi uchun “Oyning eng yaxshi xodimi” aniqlandi.

Unga ko‘ra, Markazning Mehnatni muhofaza qilish va xoʻjalik ishlari mudiri Tursunov Abdushukur Abduvaliyevich “Oyning eng yaxshi xodimi” deb topildi.

Abdushukur Abduvaliyevich 1966-yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan, maʼlumoti oliy, 1991-yilda Toshkent qishloq xoʻjaligi institutini tamomlagan, mehnat faoliyatini 1-son Issiqxona xoʻjaligi hisobchisi lavozimidan boshlagan.

Shundan soʻng, 2009-2010-yillarda “Toshkenttuman gaz” filiali “Abonent” xizmati nazoratchisi, 2010-2011-yillarda “Nosirjon Oʻlmasxon” masʼuliyati cheklangan jamiyati hisobchisi, 2011-2012-yillarda “ILK FAYZ TABARRUK” masʼuliyati cheklangan jamiyati texnologi lavozimlarida samarali mehnat faoliyatini amalga oshirgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi mehnat faoliyatini 2015-yilda Adliya vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan “Adolat” nashriyoti davlat korxonasining xoʻjalik ishlari boʻlimi boshligʻi lavozimidan boshlab, oʻtgan davr mobaynida turli mas’uliyatli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2020-yil 23-noyabrdan buyon Markazning Mehnatni muhofaza qilish va xoʻjalik ishlari mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

Abdushukur Abduvaliyevich oʻzi faoliyat koʻrsatuvchi tarkibiy boʻlinmaning zimmasiga yuklatilgan tegishli vazifa hamda funksiyalardan kelib chiqqan holda, Markaz balansida boʻlgan asosiy vositalar hamda tovar-moddiy ashyolarning soz holatda boʻlishini taʻminlash, tarkibiy tuzilmalar xodimlariga xoʻjalik xizmatlarini koʻrsatish, xizmat koʻrsatish, tovar-moddiy boyliklar, xoʻjalik mollari, texnika va inventarlar xarid qilinishiga oid shartnomalarni rasmiylashtirish, xoʻjalik maqsadlarida xarid qilib olingan mahsulotlarning toʻgʻri sarflanishini nazorat qilish, yongʻin xavfsizligiga qaratilgan tadbirlarning oʻtkazilishini va yongʻinga qarshi moslamalarning yaroqli holatda boʻlishini taʼminlash, hududlarda kitob yarmarkalarini tashkil etish ishlarida samarali faoliyat koʻrsatib kelmoqda.

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi jamoasi Abdushukur Abduvaliyevichni ushbu eʼtirof bilan tabriklab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyat, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaymiz.