Yuqoriga

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi jamoasi orasidan 2023-yilning yanvar oyi uchun “Oyning eng yaxshi xodimi” aniqlandi.

Admin   07,02-2023 1801

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi jamoasi orasidan 2023-yilning yanvar oyi uchun “Oyning eng yaxshi xodimi” aniqlandi.

Unga ko‘ra, Markazning “Inson va qonun” gazetasi hamda “Huquq va burch” ijtimoiy-huquqiy jurnali birlashgan tahririyati bosh mutaxassisi Xosilova Marusa Atoqulovna “Oyning eng yaxshi xodimi” deb topildi.

Marusa Atoqulovna 1959-yil Buxoro viloyatida tug‘ilgan, maʼlumoti oliy, 1982-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

U mehnat faoliyatini 1982-yilda Navoiy viloyat teleradiokompaniyasining muxbiri lavozimidan boshlagan.

Shundan so‘ng, turli yillar mobaynida Navoiy viloyatida joylashgan mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimi hamda ommaviy axborot vositalarida samarali mehnat faoliyatini amalga oshirgan.

2006-2021-yillar davomida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi “Inson va qonun” gazetasi tahririyatida muxbir lavozimida faoliyat yuritib, 2022-yil 17-avgustdan buyon Markazning “Inson va qonun” gazetasi hamda “Huquq va burch” ijtimoiy-huquqiy jurnali birlashgan tahririyati bosh mutaxassisi lavozimida ishlab kelmoqda.

Marusa Atoqulovna oʻzi faoliyat koʻrsatuvchi tahririyatning zimmasiga yuklatilgan tegishli vazifa hamda funksiyalardan kelib chiqqan holda, “Inson va qonun” davriy gazetasi orqali jamiyatda aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan va qonunchilikdagi yangiliklarni oʻz ichiga olgan maqolalarni tayyorlash, davlat va jamiyat hayotida roʻy berayotgan muhim voqea-hodisalar haqida axborot berish, shuningdek fuqarolarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan huquqlari, majburiyatlari va qonuniy kafolatlarini tushuntirishga mo‘ljallangan targ‘ibot materiallarini tayyorlashda faol ishtirok etmoqda.

Marusa Atoqulovnani ushbu eʼtirof bilan tabriklab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyat, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaymiz.