2025-yil, 4-son · 1–13-betlar
Protsessual qonunchilik normalarini takomillashtirish - sud orqali himoyalanishning zaruriy elementi
Annotatsiya
Protsessual huquq normalari moddiy huquq normalarini amalga oshirishning tartibi, shakllari va usullarini belgilab beradi. Ushbu normalar huquqiy jarayonlarni tartibga solish mexanizmlari, adolatni ta'minlash mezonlari, huquqni himoya qilish usullaridan foydalanish va sud ishlarini yuritishning barcha bosqichlarini qamrab olib, shaxsning sud orqali himoya huquqini ta'minlaydi. Mazkur maqolada ma'muriy sud ishlarini yuritishdagi protsessual qonunchilikning bugungi kundagi holati, undagi mavjud ayrim kamchiliklar, buning oqibatida ba'zi hollarda sud amaliyotidagi har xillik, ma'muriy sud ishlarini yuritishga oid normalarning keyingi bosqichini belgilab beruvchi muhim kontseptual xarakterdagi hujjat va uning asosida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar bayon etilgan. Xorijiy davlatlar tajribasi o‘rganib chiqilib, ma'muriy sudlar faoliyatiga ilg‘or xorijiy tajribada o‘zini oqlagan institut va tartiblarni keng qo‘llash, kelgusida e'tibor qaratilishi lozim bo‘lgan ayrim jihatlar yuzasidan fikr mulohazalar bildirilgan. Ma'muriy sud ishlarini yuritishda joriy etilishi nazarda tutilgan yangi institutlarning mazmun-mohiyati va ularni amaliyotda qo‘llash tartibi yuzasidan mualliflik pozitsiya bildirilgan.
Abstract
The rules of procedural law determine the order, forms and methods of implementing the rules of substantive law. These rules cover the mechanisms for regulating legal processes, criteria for ensuring justice, methods of using legal protection methods and all stages of legal proceedings, and ensure the right of individuals to judicial protection. The article examines the current state of procedural legislation in the field of administrative proceedings, some of its shortcomings and the resulting diversity of judicial practice, as well as an important conceptual document that determines the next stage of development of the rules of administrative proceedings and the tasks to be resolved on its basis. Based on the results of studying the experience of foreign countries, some aspects of the introduction of institutions and procedures into the activities of administrative courts that have proven themselves in advanced foreign experience are expressed. The author's position is expressed regarding the content and essence of new institutions proposed for introduction into administrative proceedings and the procedure for their application in practice.
Iqtibos uchun
Maksudbek Saidov, Otabek Ismoilov. Protsessual qonunchilik normalarini takomillashtirish - sud orqali himoyalanishning zaruriy elementi // Adolat. – 2025. – № 4. – С. 1–13.