2025-yil, 12-son · 9–14-betlar
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish: huquqiy asoslar va tartibga solish muammolari
Annotatsiya
O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish masalasi keyingi yillarda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakatda yer resurslaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi sohasini modernizatsiya qilish va yer uchastkalarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida huquqiy-me’yoriy baza takomillashtirilmoqda. Qonunchilikka muvofiq, qishloq xo‘jaligi yerlari davlat mulki hisoblanadi va asosiy foydalanuvchiga ijara shartnomasi asosida berilgan bo‘ladi. Ikkilamchi ijara — bu asosiy ijarachi tomonidan yer uchastkasini uchinchi shaxsga vaqtincha foydalanish uchun berishidir. Bu mexanizm hozirda faqat muayyan shartlar asosida va tegishli davlat organlarining roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Abstract
In the Republic of Uzbekistan, the issue of subleasing agricultural land plots has gained significant importance in recent years. The country is improving its legal and regulatory framework with the aim of ensuring the efficient use of land resources, modernizing the agricultural sector, and increasing production efficiency on land plots. According to the legislation, agricultural lands are state property and are provided to the primary user on the basis of a lease agreement. Subleasing refers to the temporary transfer of a land plot by the primary lessee to a third party for use. At present, this mechanism may be implemented only under certain conditions and with the approval of the relevant state authorities.
Iqtibos uchun
Shohnazar Bobokulov. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish: huquqiy asoslar va tartibga solish muammolari // Adolat. – 2025. – № 12. – С. 9–14.