Adolat
ISSN 3093-8546

2026-yil, 1-son · 76–85-betlar

Qo‘riqlash shartnomasini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilishning o‘ziga xos xususiyatlari

PDF

Annotatsiya

Ushbu maqolada qo‘riqlash shartnomasini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilishning huquqiy xususiyatlari fuqarolik qonunchiligi normalari asosida kompleks tahlil qilingan. Qo‘riqlash shartnomasining ommaviy oferta va qo‘shilish shartnomasi sifatidagi o‘ziga xos jihatlari, shartnomada zaif tomonni himoya qilish masalalari hamda shartnomaviy majburiyatlarning vujudga kelishi, o‘zgarishi va tugatilishiga oid nazariy va amaliy muammolar yoritilgan. Shuningdek, qo‘riqlash xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida majburiyatni bajarishning iloji bo‘lmagan holatlarda tavakkalchilikni taqsimlash va qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan takliflar ilgari surilgan.

Abstract

This article provides a comprehensive legal analysis of the specific features of concluding, amending, and terminating security service contracts under civil law. The study examines the characteristics of security contracts as public offers and adhesion contracts, as well as issues related to the protection of the weaker party in contractual relations. Particular attention is paid to the formation, modification, and termination of contractual obligations, the allocation of risks in cases of impossibility of performance, and proposals aimed at improving civil law regulation in the field of security services.

Iqtibos uchun

Olim Umbetov. Qo‘riqlash shartnomasini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilishning o‘ziga xos xususiyatlari // Adolat. – 2026. – № 1. – С. 76–85.