Adolat
ISSN 3093-8546

2026-yil, 3-son · 101–107-betlar

Ommaviy axborot vositalarida axborotga oid manipulyativ sarlavhalar fenomeni va uning jamoatchilik fikriga ta’siri – asl haqiqatga mutlaqo nomuvofiq sarlavha uchun yuridik javobgarlikni belgilash zarurati

PDF

Annotatsiya

Maqolada ommaviy axborot vositalarida qo‘llanilayotgan manipulyativ va chalg‘ituvchi sarlavhalarning huquqiy mohiyati konstitutsiyaviy-huquqiy yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda sarlavhaning nafaqat stilistik unsur, balki mustaqil axborot birligi sifatida jamoatchilik fikrini shakllantirishdagi o‘rni yoritiladi. Normativ-huquqiy hamda komparativ tahlil orqali milliy qonunchilikda axborotning ishonchliligi, xolisligi va haqqoniyligi tamoyillarining mustahkamlanish darajasi o‘rganiladi. Shuningdek, kontent-tahlil usuli yordamida sud-huquq mavzusidagi materiallar sarlavhalarida uchraydigan emotsional bo‘yoq, bo‘rttirish va kontekstdan uzib ko‘rsatish kabi manipulyativ elementlar aniqlanadi.

Abstract

The article analyzes the legal essence of manipulative and misleading headlines used in the mass media based on a constitutional-legal approach. The study highlights the role of the title not only as a stylistic element but also as an independent informational unit in shaping public opinion. Through normative-legal and comparative analysis, the level of enshrinement of the principles of reliability, objectivity, and truthfulness of information in national legislation is studied. Also, using the content analysis method, such manipulative elements as emotional coloring, exaggeration, and understatement found in the headings of materials on judicial and legal topics are revealed.

Iqtibos uchun

Izzatbek Abdujalilov, Laylo Abdirazoqova. Ommaviy axborot vositalarida axborotga oid manipulyativ sarlavhalar fenomeni va uning jamoatchilik fikriga ta’siri – asl haqiqatga mutlaqo nomuvofiq sarlavha uchun yuridik javobgarlikni belgilash zarurati // Adolat. – 2026. – № 3. – С. 101–107.