Adolat
ISSN 3093-8546

2026-yil, 4-son · 9–24-betlar

Internet tarmogʻida sodir etilgan firibgarlik jinoyatlarining kriminalistik tavsifi

PDF

Annotatsiya

Maqolada internet tarmogʻida sodir etiladigan firibgarlik jinoyatlarining kriminalistik tavsifi elementlari tadqiq etilgan. Tadqiqotning dolzarbligi kiberjinoyatchilik koʻlamining global va milliy miqyosda keskin ortishi bilan asoslanadi. Qiyosiy-huquqiy va statistik tahlil metodlari qoʻllanib, jinoyatning sodir etilish mexanizmi uch bosqichda - tayyorgarlik, amalga oshirish va yashirish jarayonlari sifatida tizimlashtirilib, raqamli izlar tizimi, jinoyatchi va jabrlanuvchi shaxsining tipologik xususiyatlari aniqlangan. AQSh, Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya va Rossiya tajribasi Oʻzbekiston amaliyoti bilan qiyosiy tahlil qilingan. Natijada internet firibgarligini alohida jinoyat tarkibi sifatida qonunchilikda mustahkamlash, raqamli dalillar bilan ishlashning yagona milliy standartlarini ishlab chiqish va tergov organlari kadrlarining raqamli kriminalistika sohasidagi malakasini oshirish boʻyicha takliflar ilgari surilgan.

Abstract

The article explores the forensic characteristics of fraud committed on the internet. The relevance of the research is underscored by the sharp increase in the scale of cybercrime at both global and national levels. Using comparative-legal and statistical analysis methods, the mechanism of the crime is systematized into three stages: preparation, perpetration, and concealment. The study also identifies the system of digital traces and the typological characteristics of the offender and the victim. A comparative analysis was conducted, contrasting the experiences of the USA, the European Union, Great Britain, and Russia with the practices in Uzbekistan. As a result, proposals have been put forward to codify internet fraud as a distinct criminal offense in legislation, to develop unified national standards for working with digital evidence, and to enhance the skills of investigative personnel in the field of digital forensics.

Iqtibos uchun

Nodirjon Xabibiddinov. Internet tarmogʻida sodir etilgan firibgarlik jinoyatlarining kriminalistik tavsifi // Adolat. – 2026. – № 4. – С. 9–24.