Adolat
ISSN 3093-8546

2026-yil, 7-son · 95–103-betlar

Ayrim xorijiy davlatlar qonunchiligida mehnatga ma’muriy tarzda majburlaganlik uchun belgilangan jinoiy javobgarlik normalarining o‘ziga xos xususiyatlari

PDF

Annotatsiya

Mazkur maqolada inson huquqlarining fundamental qadriyatlaridan biri bo‘lgan mehnat erkinligini ta’minlash va majburiy mehnatning barcha shakllariga barham berishning jinoiy-huquqiy mexanizmlari tadqiq etilgan. Muallif O‘zbekiston jinoyat qonunchiligidagi mehnatga ma’muriy tarzda majburlaganlik uchun javobgarlik belgilovchi normalarni xalqaro konvensiyalar va rivojlangan xorijiy davlatlar (Fransiya, Germaniya, Ispaniya, AQSh hamda Rossiya Federatsiyasi) tajribasi bilan qiyosiy-huquqiy jihatdan tahlil qilgan. Tadqiqotda milliy qonunchilikdagi ma’muriy preyuditsiya instituti hamda sanksiyalar tizimining samaradorligi kabi masalalar o‘rganilgan. Tahlillar asosida Jinoyat kodeksining 148 2 -moddasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.

Abstract

This article explores the criminal law mechanisms for ensuring freedom of labor, which is one of the fundamental values of human rights, and eradicating all forms of forced labor. The author conducts a comparative legal analysis of the provisions in the criminal legislation of the Republic of Uzbekistan establishing liability for administrative coercion to labor, aligning them with international conventions and the experience of developed foreign countries (France, Germany, Spain, the USA, and the Russian Federation). The study examines key issues such as the institution of administrative prejudication in national legislation and the effectiveness of the sanctions system. Based on the analysis, research-based and practical proposals and recommendations are advanced to improve Article 148 2 of the Criminal Code.

Iqtibos uchun

Xadichaxon Abdurasulova. Ayrim xorijiy davlatlar qonunchiligida mehnatga ma’muriy tarzda majburlaganlik uchun belgilangan jinoiy javobgarlik normalarining o‘ziga xos xususiyatlari // Adolat. – 2026. – № 7. – С. 95–103.