2026-yil, 9-son · 123–127-betlar
Ijtimoiy adolat prinsipining huquqiy imtiyozlarni taqdim etishdagi ahamiyati
Annotatsiya
Mazkur maqolada ijtimoiy adolat prinsipining huquqiy imtiyozlarni belgilangan tartibda joriy etish, qo ‘ llash va bekor qilish bilan bog’liq masalalar huquqiy jihatdan tahlil qilinadi. Formal tenglik nuqtai nazardan barcha uchun bir xil munosabat ko ‘ zda tutilsa - da, ayrim hollarda iqtisodiy, ijtimoiy va shaxslar irodasiga bog ‘ liq bo ‘ lgan to ‘ siqlar natijasida ayrim toifadagi shaxslar uchun tengsizlik holati yuzaga kelishi mumkin. Shu sababli ham huquqiy imtiyozlar tenglikni ta’minlaydigan differensiya sifatida maydonga chiqadi. Maqolada O ‘ zbekiston Respublikasi qonunchiligi, BMTning inson huquqlariga oid xalqaro hujjatlari va rivojlangan mamlakatlarning sud amaliyoti qiyosiy-huquqiy tahlil qilinadi. Natijada esa imtiyozlarning ijtimoiy adolat prinsipiga mosligini tekshirish uchun legitim maqsad, qonuniy asoslar, mutanosiblik, shaffoflik va inklyuzivlikdan iborat mezonlar taklif qilish orqali samarali huquqiy mexanizm sifatida shakllantirishga erishish mumkin.
Abstract
This article provides a legal analysis of issues related to the introduction, application, and cancellation of legal privileges in accordance with the established procedure of the principle of social justice. Although formal equality presupposes equal treatment for all, in some cases, a state of inequality may arise for certain categories of individuals as a result of economic, social, and volitional barriers. For this reason, legal privileges appear as a differentiation that ensures equality. The article provides a comparative legal analysis of the legislation of the Republic of Uzbekistan, international UN human rights documents, and the judicial practice of developed countries. As a result, an effective legal mechanism can be achieved by proposing criteria consisting of a legitimate goal, legal grounds, proportionality, transparency, and inclusivity to verify the compliance of benefits with the principle of social justice.
Iqtibos uchun
Mashxuraxon Shokirova-Inomjonova. Ijtimoiy adolat prinsipining huquqiy imtiyozlarni taqdim etishdagi ahamiyati // Adolat. – 2026. – № 9. – С. 123–127.