Adolat
ISSN 3093-8546

2026-yil, 10-son · 55–71-betlar

Moliyaviy razvedka boʻlinmasining korrupsiya profilaktikasidagi roli

PDF

Annotatsiya

Ushbu maqolada moliyaviy razvedka boʻlinmasining korrupsiya profilaktikasidagi huquqiy, institutsional va amaliy roli kompleks tahlil qilingan. Tadqiqotda BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi, FATF standartlari, Egmont guruhi hujjatlari, Jahon bankining oʻgʻirlangan aktivlarni qaytarish tashabbusi (STAR) materiallari, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi hamda YeOGning oʻzaro baholash hisobotlaridan foydalanilgan. Moliyaviy razvedkaning shubhali operatsiyalar toʻgʻrisidagi xabarlarni qabul qilish, operasion va strategik tahlil oʻtkazish, benefitsiar mulkdorlar hamda siyosiy jihatdan nufuzli shaxslar bilan bogʻliq xatarlarni aniqlash, maʼlumotlarni vakolatli organlarga yuborish funksiyalari korrupsiyaning moliyaviy izlarini erta bosqichda ochish imkonini berishi asoslangan. Oʻzbekiston milliy tizimidagi mavjud imkoniyatlar va axborot integratsiyasidagi ehtiyojlar baholanib, korrupsiyaga xos tipologiyalar, idoralararo maʼlumot almashinuvi, natijaviylik indikatorlari va parallel moliyaviy tergovni kuchaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqilgan.

Abstract

This article provides a comprehensive analysis of the legal, institutional and operational role of a financial intelligence unit in corruption prevention. The study relies on the United Nations Convention against Corruption, FATF standards, Egmont Group documents, World Bank Stolen Asset Recovery (StAR) materials, legislation of the Republic of Uzbekistan and EAG mutual evaluation reports. It demonstrates that receiving suspicious transaction reports, conducting operational and strategic analysis, identifying risks related to beneficial owners and politically exposed persons, and disseminating financial intelligence to competent authorities enable the early detection of corruption-related financial traces. The article assesses the capacity of Uzbekistanʼs national system and its need for stronger data integration. It proposes corruption-specific typologies, improved inter-agency information exchange, measurable performance indicators and wider use of parallel financial investigations.

Iqtibos uchun

Shuxrat Xomidov. Moliyaviy razvedka boʻlinmasining korrupsiya profilaktikasidagi roli // Adolat. – 2026. – № 10. – С. 55–71.