2026-yil, 10-son · 66–74-betlar
Insofli egallovchi himoyasida vindikatsiya va restitutsiyaning chegaralari: “domino effekti” muammosi va uning huquqiy yechimi
Annotatsiya
Mazkur maqolada post-sovet fuqarolik huquqining eng murakkab nazariy muammolaridan biri – insofli egallovchilar ishtirokidagi ishlarda vindikatsiya (mulkni talab qilib olish) va restitutsiya (bitimlarning haqiqiy emasligi oqibatlari) oʻrtasidagi oʻzaro munosabat tahlil qilinadi. “Domino effekti” – sudlar bitimlar zanjirini haqiqiy emas deb topish orqali FK 229-moddasini aylanib oʻtishi – insofli egallovchi instituti uchun tizimli tahdiddir. Rossiya KS RF 6-P (2003) va 16-P (2017, Duboves ishi) prinsiplari, shuningdek Rossiya Oliy Arbitraj Sudi va birgalikdagi Plenum amaliyoti, Germaniya BGB doktrinasi (jumladan § 816 – vakolatsiz tasarruf instituti), Italiya va Xitoy qonunchiligi, ingliz umumiy huquqidagi “holat oʻzgarishi” (change of position) himoyasi asosida, shuningdek Jizzax viloyatidagi “Alixanova – SDM HALL STORE” ishi misolida muallif Oʻzbekiston FK 229-moddasiga yangi 5-qism kiritish taklif etadi.
Abstract
This article addresses one of the most persistent theoretical problems in post-Soviet civil law: the interaction between vindication (rei vindicatio) and restitution in cases involving bona fide purchasers. The “domino effect” – whereby courts invalidate transactions in a chain, thereby circumventing statutory protections of bona fide purchasers under Article 229 of the Uzbek Civil Code – represents a systemic threat to the very institution of good faith purchase. Drawing on the landmark Russian Constitutional Court rulings, the German BGB doctrine (including the pivotal § 816 on disposition by an unauthorized person), Italian and Chinese civil codes, the English common-law “change of position” defence, and the “Alixanova v. SDM HALL STORE” case, the author proposes introducing a new Part 5 to Article 229 of the Uzbek Civil Code, explicitly barring the application of restitution consequences to bona fide purchasers.
Iqtibos uchun
Islomjon Mirzayev. Insofli egallovchi himoyasida vindikatsiya va restitutsiyaning chegaralari: “domino effekti” muammosi va uning huquqiy yechimi // Adolat. – 2026. – № 10. – С. 66–74.